Sinnerga tizzasidan operatsiya qilinadi: italiyalik mavsum boshini oʻtkazib yuboradi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannick Sinner operatsiya qilinadi. Unga tizzasidan operatsiya ertaga Finlyandiyada oʻtkaziladi, deb xabar bermoqda il Giornale.
24-noyabr, 05:56По-русски

tennismajors.com
Italiyalik tennischi bu qarorni finlyandiyalik jarroh Lasse Lempainen bilan maslahatlashganidan keyin qabul qildi. Soʻnggi tekshiruvlar tennischida yonbosh-boldir yoʻli yalligʻlanishi kuchayganini koʻrsatdi.
Nashr maʼlumotiga koʻra, Sinner kortga grunt mavsumidan oldin qaytmaydi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, u Uimbldongacha toʻliq tiklanadi.





