Oʻzbekiston konkur boʻyicha turnirda olti medal qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston terma jamoasi Astanadan FEI Jumping World Cup Jahon kubogi Yevroosiyo ligasi finalining (CSI-W LF Astana 2026) olti medalini olib keldi: ikkita oltin, uchta kumush va bitta bronza.

Qozogʻiston poytaxtidagi musobaqalar toʻrt kun davom etdi.
Terma jamoa ikkita oltin, uchta kumush va bitta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Oltin medallarni Alisherjon Erkinjonov va Azam Tolibboyev qoʻlga kiritdi. Erkinjonov Cool Dancer laqabli otida toʻsiqlar balandligi 125 sm boʻlgan yoʻnalishda eng yaxshi natijani qayd etdi. Tolibboyev Lady laqabli otida 130 sm toifasida gʻalaba qozondi.
Jamoaga kumush medallarni Bekzod Qurbonov va Azam Tolibboyev olib berdi. Qurbonov Santos Hippica laqabli otida 145 va 150 sm toifalarida ikki marta ikkinchi oʻrinni egalladi. Tolibboyev 125 sm balandlikdagi yoʻnalishda ikkinchi boʻldi.
Bronza medalni Bekzod Qurbonov qoʻlga kiritdi: u Santos Hippica laqabli otida 140 sm toifasida uchinchi oʻrinni egalladi.





