Koinotdagi eng goʻzal qizning ismi maʼlum boʻldi
Puerto-Riko vakili Jennifer Barreto «Miss Universe — 2026» tanlovida gʻolib boʻldi. Final 24-noyabr kuni San-Xuanda 116 mamlakat va hudud vakillari ishtirokida oʻtkazildi.

Barretoga tojni avvalgi tanlov gʻolibi — Meksika vakili Fatima Bosch topshirdi. Yangi toj sohibasi «Miss Universe» xalqaro tanlovida gʻolib boʻlgan ilk ona boʻldi. Uning yetti yoshli Penelopa ismli qizi bor. Bu gʻalaba Puerto-Riko uchun tanlov tarixidagi oltinchi gʻalaba boʻldi.
Barreto psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini, shuningdek, psixologiya va ijtimoiy ish boʻyicha ikkita magistrlik darajasini olgan. U 2021-yildan beri Texasdagi AQSh Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam bergan, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va bolalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarida qatnashgan. Keyinchalik u profilaktika boʻyicha mutaxassis boʻlgan. «Miss Universe Puerto-Riko» milliy tanlovigacha u bunday musobaqalarda qatnashish tajribasiga ega emas edi.
Finalchilarning beshligidan Dominikan Respublikasi vakili Melissa Nunes, Venesuela vakili Klara Vegas, Filippin vakili Bea Millan-Vindorski va Yangi Zelandiya vakili Jorjiya Uoddington ham joy oldi.





