Walmart Metaʼning Muse AI-agentiga «qora juma» paytida siz uchun mahsulot xarid qilishga ruxsat berdi
Walmart 2026-yilgi «qora juma»ga qadar Metaʼning Muse agenti mijoz nomidan mahsulot xarid qilishi uchun Agent Profiles va Walmart Agent Gateway xizmatlarini ishga tushirdi. Integratsiya allaqachon mavjud.

Agent Profile Walmartʼga akkauntdagi amallarni xaridorning oʻzi emas, Muse bajarayotganini koʻrsatadi. Profilda agent va foydalanuvchi xarid qilgan mahsulotlar ham alohida aks ettiriladi. Bunda Muse Walmart tasarrufidagi xaridlar tarixi va boshqa shaxsiy maʼlumotlarga ega boʻlmaydi.
Foydalanuvchi xarajatlar limitini belgilashi, buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin qoʻlda tasdiqlashni talab qilishi yoki agent profilini oʻchirishi mumkin. Ulanish uchun Muse ilovasi orqali Walmart akkauntiga kirish kerak. Shundan soʻng, mijoz ruxsat bergan taqdirda, agent mahsulotlarni taqqoslashi, takliflarni izlashi, kerakli pozitsiyalarni savatchaga qoʻshishi va saqlangan toʻlov maʼlumotlari yordamida buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin.





