Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Vogue 2026-yilning eng eʼtiborga molik hujjatli filmlari roʻyxatini tuzdi

Tanlovdan harbiy mojarolar, tarixiy voqealar, texnologiyalar, ekologiya va inson taqdirlari haqida hikoya qiluvchi 10 ta film oʻrin oldi. Tahririyat filmlarni oʻrinlar boʻyicha saralamadi.

25-noyabr, 18:31По-русски

Read in English

Кадр из к/ф «Увидеть всё» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Roʻyxatga Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarda sunʼiy intellektdan foydalanish haqida hikoya qiluvchi «Naza»; Theranos asoschisi Elizabet Holmsning qamoqqa tushishidan oldingi hayoti haqida hikoya qiluvchi «Hammasini koʻrish»; Garlem renessansi ishtirokchilari haqidagi «Bir kuni Garlemda» hamda «Beton tarixi» filmlari kiritildi.

Shuningdek, tahririyat oʻzlari sodir etmagan jinoyat uchun 36 yilni qamoqda oʻtkazgan uch erkak haqidagi «Guvoh koʻrsatma berishdan bosh tortganda»; Kanadadagi oq ayiqlar hayoti haqida hikoya qiluvchi «Qoidabuzar ayiq»; jurnalist I Jin Kerroll haqidagi «I Jindan soʻra» filmlarini ham qayd etdi.

Roʻyxatni asalarichilar oilasi haqidagi «Oʻgʻil bolalar va asalarilar» qisqa metrajli filmi hamda teatr arbobi va rejissyor Luis Valdes haqidagi «Amerikalik pachuko: Luis Valdes afsonasi» yakunlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media