“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Deniz Chakir va aktyor Ozjan Denizning hibsga olinishi sababi maʼlum boʻldi
Istanbulda giyohvand moddalar va fohishalik bilan bogʻliq jinoyatlarda gumon qilinayotgan shaxslar boʻyicha tergov olib borilmoqda. Turkiya OAV xabarlariga koʻra, 35 kishini qoʻlga olish uchun order berilgan.
25-noyabr, 21:57По-русски

aif.ru
25 noyabr holatiga koʻra, 23 yoki 24 nafar gumondor qoʻlga olingan — nashrlarda turli raqamlar keltirilgan. Ular orasida aktrisa Deniz Chakir va xonanda Ozjan Deniz ham bor.
Rejissyor Jem Kardji ham order berilgan 35 kishi qatorida tilga olingan, biroq eʼlon qilingan qoʻlga olinganlar roʻyxatida uning ismi yoʻq. Tergov davom etmoqda; gap isbotlangan ayb haqida emas, gumonlar haqida bormoqda.





