Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

«Ochlik oʻyinlari» jahon prokatidagi ilk dam olish kunlarida $225 mln yigʻdi

«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmi Shimoliy Amerikada prokat boʻyicha yetakchilik qildi va jahon miqyosida muvaffaqiyatli start oldi. Dastlabki dam olish kunlarida kartina qariyb $225 mln daromad keltirdi.

25-noyabr, 23:09По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Lionsgate studiyasining yangi filmi AQSh va Kanadadagi kinoteatrlarda taxminan $120 mln, xalqaro bozorlarda esa yana $105 mln yigʻdi. Bu Shimoliy Amerika prokatidagi yilning eng yaxshi beshta startidan biridir.

Kartina franshizaning oltinchi qismi boʻlib, avvalgi filmlarda Vudi Harrelson ijro etgan personaj — Heymitch Aberneti haqida hikoya qiladi. Voqealar original seriya tarixidan 24 yil avval kechadi.

Bosh rolni Jozef Zada ijro etdi. Filmda, shuningdek, Makkenna Greys, Reyf Fayns, Jessi Plemons va El Fanning suratga tushgan. Rejissyor Frensis Lourens boʻlib, u franshizaning avvalgi filmlaridan bir nechtasi ustida ham ishlagan.

Kartinaning ishlab chiqarish budjeti taxminan $150 mln deb baholanmoqda. Tomoshabinlar CinemaScore tizimida filmga A- bahosini qoʻydi. Muvaffaqiyatli start 2023 yilda chiqqan avvalgi prikvel — «Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi»ning nisbatan kamtarona kassa natijalaridan soʻng franshizaning mavqeini mustahkamladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media