Trumpdan butalar orasiga yashiringan kurkani afv etdi
Shukrona kuni munosabati bilan oʻtkazilgan anʼanaviy marosimda AQSh prezidenti Donald Trump ramziy ravishda soʻyilishdan ozod qilinishi kerak boʻlgan ikki qushdan birini darhol topa olmadi.

Oq uyda Shukrona kuniga bagʻishlangan kurkalarni afv etish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu yil bayram 26 noyabrda nishonlanadi.
Tadbirda Fridom va Fezers laqabli ikki qush ishtirok etishi uchun tanlandi. Biroq Trumpga faqat bitta kurka tanishtirilganida, u ikkinchisi qayerda ekanini soʻradi. Oq uy vakillari Fezers maysazordagi butalar orasiga yashiringanini tushuntirdi.
«Biz Fezersni ham afv etamiz. Menimcha, ikkalasini ham afv etamiz», — dedi AQSh prezidenti. Shundan soʻng u ikkala kurkani ham afv etilgan deb eʼlon qildi.
Marosim aks etgan kadrlarni Oq uy eʼlon qildi.
Kurkalarni ramziy ravishda afv etish anʼanasi AQShda 1940-yillardan beri mavjud. Prezident har yili ikki qushni Shukrona kuni dasturxoniga taom boʻlish taqdiridan ozod qiladi.





