Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Xitoydagi semiz leopardga goʻsht yeyish va parhezni unutishga ruxsat berildi

Panzhixua hayvonot bogʻida vazni 65 kilogrammdan oshadigan Panbaobaoga ozmaslikka ruxsat berildi: u 16 yoshdan katta, parhez esa unda stress keltirib chiqarishi mumkin.

25-noyabr, 23:30По-русски

Read in English

ria.ru

Panbaobao ortiqcha vazni sabab Xitoyda mashhur boʻlib ketdi. Hayvonot bogʻi uning hozirgi holatini saqlab turishga, vaznini kamaytirishdan koʻra oziq-ovqatining sifati va toʻlaqonliligiga eʼtibor qaratishga qaror qildi.

Leopard har kuni yarim kilogrammdan koʻproq mol goʻshti yeydi, muvozanatli ratsion uchun unga tovuq goʻshti ham beriladi. Yaqinda oʻtkazilgan tibbiy koʻrik hayvonning sogʻlom ekanini koʻrsatdi.

Panbaobao ovqat yeyishi, uxlashi va sayr qilishi mumkin boʻlgan volyerda yashaydi. Xodimlar uning jismoniy faolligini asta-sekin oshirmoqda va unga katta toʻp qoʻyib berishdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media