Britaniyalik musulmon ishbilarmon doiralar Toshkentdagi xalqaro biznes-forumda qatnashadi
Britaniyalik musulmon ishbilarmon doiralar delegatsiyasi 30 noyabr–5 dekabr kunlari Toshkentda oʻtadigan «Yangi Oʻzbekiston: global bozorlar chorrahasi» xalqaro biznes-forumida qatnashadi.
26-noyabr, 13:33По-русски

Bu haqdagi kelishuv 2026 yil 24 noyabr kuni Londondagi Oʻzbekiston elchixonasida boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng maʼlum boʻldi. Muzokaralarda Britaniyaning «Musulmonlar savdo forumi» raisi Iqbal Sakran ishtirok etdi.
Tomonlar koʻchmas mulk, savdo, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, halol turizm va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi. Britaniyalik tadbirkorlar Oʻzbekiston bozoriga chiqish, mahalliy hamkorlar izlash hamda qoʻshma investitsiya loyihalariga qiziqish bildirdi.





