Brent oʻsishda davom etib, barreliga $95,03 atrofida savdo qilinmoqda
Brentning yanvar fyucherslari Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli yuzaga kelgan xavotirlar fonida 0,44 foizga oshib, barreliga $95,03 ga yetdi.

Kotirovkalarning koʻtarilishiga Yaqin Sharqdagi saqlanib qolayotgan keskinlik sababli yuzaga kelgan xavotirlar turtki berdi.
WTI ning yanvar fyucherslari esa, aksincha, arzonlab, barreliga $84,41 gacha tushdi. AQShda oʻsha kuni Shukronalik kuni munosabati bilan savdolar yopiq edi.
Avvalgi kuni husiylar Saudiya Arabistonidagi «Ras-Tannura» neftni qayta ishlash zavodi va Ar-Riyoddagi biznes kvartaliga zarbalar berilgani haqida maʼlum qildi. Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi ham minalarga urilib, yonib ketgan ikki tanker haqida xabar berdi. Idora maʼlumotiga koʻra, ulardan biri 2 mln barreldan ortiq neft tashigan.
PVM Oil Associates tahlilchisi Tamash Varga narxlarning oʻsishini taklifning ortiqchaligi kutilayotgani va dollarning mustahkamlanishi cheklayotganini taʼkidladi. Uning baholashicha, Brent uchun yangi diapazon barreliga $88–97 ni tashkil etadi. AQSh Energetika vazirligi bir hafta ichida neft zaxiralari 1,11 mln barrelga oshganini maʼlum qildi.





