Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

NBA Yevropa arenalariga qariyb 10 mlrd yevro sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

NBA 2027 yilgacha FIBA bilan birgalikda yangi professional ligani tayyorlash doirasida Yevropadagi arenalarni rivojlantirish va yangilashga sarmoya kiritish uchun investitsiya kompaniyalarini birlashtirdi.

26-noyabr, 17:32По-русски

Read in English

bbc.co.uk

Mablagʻlarni nafaqat sport inshootlariga, balki ularga tutash hududlarni rivojlantirishga ham yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda. Rejalarda uy-joylar, ish uchun moʻljallangan joylar, restoranlar, doʻkonlar va yil davomida odamlar tashrif buyuradigan maskanlarga aylanishi kerak boʻlgan jamoat hududlari bor.

Boʻlajak klublar va mulkdorlar guruhlari zamonaviy arenalar hamda ularning atrofidagi infratuzilmani yaratish uchun NBA kapitali va ekspertizasidan foydalanish imkoniga ega boʻlishi mumkin. Tashabbus NBA va FIBAning 2027 yilda Yevropada yangi professional basketbol tizimini ishga tushirish rejalarining bir qismidir.

NBA komissari Adam Silverning aytishicha, zamonaviy arenalar va ular bilan bogʻliq loyihalar jamoalarga muxlislar taassurotlarini yaxshilash hamda koʻproq tadbirlarni jalb qilishga yordam berishi mumkin.

Eʼlonda keltirilgan The Sports Consultancy tadqiqotiga koʻra, yangi liga Yevropa iqtisodiyotiga 24 mlrd yevrodan ortiq yalpi qoʻshilgan qiymat keltirishi mumkin. Shuningdek, u har yili toʻliq bandlik hisobida qariyb 15 000 ta ish oʻrnini qoʻllab-quvvatlashi va dastlabki 10 yil ichida qariyb 70 mln tomoshabinni jalb qilishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media