YI sunʼiy intellekt va kvant texnologiyalariga investitsiyalar uchun €50 milliardlik fond tuzishni rejalashtirmoqda
Yevrokomissiya sunʼiy intellekt va kvant yechimlarini ishlab chiquvchilarni ham oʻz ichiga olgan Yevropa texnologiya kompaniyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish uchun €50 milliardlik fond tuzish rejalarini tasdiqladi.

Yevrokomissiya Sovereign Tech Equity Fund fondini ishga tushirish rejalari haqida maʼlum qildi. Fond YI strategik ahamiyatga ega deb hisoblaydigan sohalarga yirik, yuqori xatarli va uzoq muddatli investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Hokimiyat kompaniyalar biznesini Yevropadan tashqariga koʻchirmasdan va uni xorijiy xaridorlarga sotmasdan, mintaqa ichida kengaytira olishiga umid qilmoqda. Texnologik suverenitet boʻyicha yevrokomissar Henna Virkkunenning taʼkidlashicha, moliyalashtirish yetishmasligi kompaniyalarni mintaqani tark etishga majbur qilmasligi kerak. Hozirda dunyodagi venchur kapital oqimlarining qariyb 5 foizi Yevropaga toʻgʻri keladi.
Fondning huquqiy asosini kvant texnologiyalari sohasidagi tashabbus — Quantum Act doirasida belgilash rejalashtirilmoqda, biroq moliyalashtirish boshqa strategik tarmoqlar uchun ham mavjud boʻladi. Yangi vosita koʻlami jihatidan €5 milliardlik Scaleup Europe fondidan oshib ketadi: Yevrokomissiya uning hajmini €25 milliardgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Tashabbus tafsilotlari fevral oyida taqdim etilishi kerak.





