Yannik Sinner oʻng tizzasidan operatsiya qilindi
Italiyalik tennischi Yannik Sinner Finlyandiyada oʻng tizzasidan operatsiya qilindi. Tiklanish taxminan uch oy davom etishi kutilmoqda.
26-noyabr, 22:54По-русски

matchtv.ru
Operatsiya Finlyandiyadagi klinikalardan birida oʻtkazildi. Sinnerning aytishicha, soʻnggi bir necha oyda u jamoasi bilan jarohatni jarrohlik amaliyotisiz davolashga uringan, biroq tizzasi davolashga kutilgandek javob bermagan.
Aralashuv iliotibial traktining holatini yaxshilash uchun zarur boʻldi. Endi tennischi tiklanishni boshlaydi. U iyul oʻrtalarida Uimbldon finalida gʻalaba qozonganidan beri kortga chiqmagan.





