Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

AQShda Character.AI foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalarini sotishni taqiqlashga urinilmoqda

AQShning 42 shtati bosh prokurorlari bankrot boʻlgan kompaniyaning millionlab foydalanuvchilar maʼlumotlarini, jumladan voyaga yetmaganlarning 2 mln.dan ortiq chatlarini sotish rejalariga qarshi chiqdi.

27-noyabr, 14:29По-русски

Read in English

techcrunch.com

AQSh rasmiylari kompaniyaning bankrotlik jarayoni doirasida Character.AI platformasi foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalari sotilishining oldini olishga urinmoqda. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.

Bosh prokurorlarning maʼlumotlariga koʻra, AQShdagi 21 mln.dan ortiq akkauntning muloqot tarixi sotuvga qoʻyilishi mumkin. Ularning 2,1 mln.dan ortigʻi voyaga yetmaganlarga tegishli. Maʼlumotlar toʻplamiga IP-manzillar va boshqa shaxsiy axborotlar ham kiradi.

Rasmiylar yangi egasi yozishmalardan oʻz xohishiga koʻra foydalanishi, ularni uchinchi shaxslarga berishi yoki qayta sotishi mumkinligidan xavotirda. Bunda u Character.AIʼning avvalgi maxfiylik siyosatiga rioya qilishi yoki foydalanuvchilarning maʼlumotlarni oʻchirish haqidagi soʻrovlarini bajarishi shart boʻlmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Kompaniya 2026-yil oktabrida bankrotlik toʻgʻrisida ariza bergan. Platforma maʼlumotlari va boshqa aktivlarini sotuvga qoʻyish rejalashtirilgan auktsion 1-dekabrga belgilangan. Hozircha bitta potensial xaridor maʼlum — Delaver shtatida roʻyxatdan oʻtgan Smirks and Pangs Acquisition LLC kompaniyasi. Uning egalari jamoatchilikka oshkor etilmagan.

Bosh prokurorlar suddan bitimning taklif etilgan shartlarini rad etishni va foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari himoya qilinishini taʼminlashni talab qilmoqda.