Oʻzbekistonda havo sifati yomonlashganda koʻriladigan choralar rejasi tayyorlandi
Oʻzbekistonda havo sifati yomonlashgan taqdirda koʻriladigan choralar loyihasi muhokamaga qoʻyildi: unda transport harakati, qurilish ishlari va davlat tashkilotlari faoliyatiga cheklovlar joriy etish imkoniyati nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi yuk avtomobillari harakatini vaqtincha cheklashni, zarurat tugʻilganda esa yengil avtomobillar harakatini ham cheklashni taklif qildi. Avtomobillar uchun davlat raqamining oxirgi raqamiga qarab juft va toq sanalar tamoyilidan foydalanish mumkin. Elektromobillar va maxsus transport vositalarini cheklovlardan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, shaharlarda ayrim qurilish ishlarini vaqtincha toʻxtatish, koʻchalar va yashil hududlarni sugʻorishni kuchaytirish hamda favvoralarning ishlashini taʼminlash mumkin. Noqulay ob-havo sharoitida energetika korxonalariga mazutdan foydalanishni taqiqlash taklif etilmoqda, avariya va favqulodda vaziyatlar bundan mustasno.
Boshqa choralar qatoridan koʻchada boʻlishni cheklash boʻyicha tavsiyalar, ochiq havodagi mashgʻulotlarni bekor qilish va ommaviy tadbirlarni cheklash ham oʻrin olgan. Zarurat tugʻilganda davlat tashkilotlari xodimlarini masofadan ishlashga oʻtkazishi mumkin. Loyiha muhokamasi 12 dekabrgacha davom etadi.





