Yangi Toshkentda qiymati $7,18 mlrd boʻlgan 20 ta loyiha amalga oshirishga tayyorlanmoqda
Yangi Toshkentda qiymati $7,18 mlrd boʻlgan 20 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ular uchun soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, yer ajratishning yangi shartlari nazarda tutilgan.

Qoʻllab-quvvatlash choralari 27 noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida muhokama qilindi. Yirik loyihalar uchun «davlat — investitsiya hamkori» modeli joriy etiladi: investorlarga yer uchastkasini ajratishdan tortib obyektni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda koʻmak beriladi.
Yangi Toshkent va Samarqanddagi «Shirin» massivida «regulyator sandboxi» rejimi amal qiladi. U baland qavatli binolar, mehmonxona va biznes majmualari, savdo markazlari, bogʻlar, kurortlar, shuningdek, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, sport va infratuzilma obyektlarini qamrab oladi.
Yer uchastkalari muhandislik tarmoqlariga ulanish shartlari oldindan belgilangan holda taqdim etiladi. Auksionlardan tashqari, investorlarning tashabbuskor takliflari asosida tanlov oʻtkazish ham nazarda tutilgan. Loyihalar uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar, foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi hamda Oʻzbekistonda qayta investitsiya qilinadigan dividendlarni soliqqa tortishdan ozod qilish imkoniyati mavjud.
Investorlar, pudratchilar va subpudratchilar oʻz ehtiyojlari uchun texnika, uskunalar, materiallar va jihozlarni boj toʻlamasdan olib kirishlari mumkin. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihalarni muvofiqlashtiradi va har bir investorga shaxsiy menejer biriktiradi.
Hozirgi vaqtga kelib, Yangi Toshkentda qiymati $2 mlrd boʻlgan ishlar bajarildi. Qiymati $1 mlrd boʻlgan yettita obyekt foydalanishga topshirildi.





